682 kilogramm kokain va qurollar to‘plami musodara qilindi

682 kilogramm kokain va qurollar to‘plami musodara qilindi

Dominikan Respublikasining narkotik moddalar noqonuniy aylanmasi nazorati bo‘yicha milliy boshqarmasi xodimlari La-Altagrasiya provinsiyasida 682 kilogramm kokain va qurollar to‘plamini musodara qildi.

Listin Diario nashri xabariga qaraganda, boshqarma boshlig‘i Karlos Devers amaliyot dengiz va quruqlikda baravariga olib borilgani, Bayyaibe sohillaridagi kema tekshirib, dominikanlik besh nafar va kolumbiyalik bir kishi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Deversga ko‘ra, guruhning qolgan a’zolari qidirilmoqda.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!