60 yoshli onaxonlar Counter-Strike xalqaro musobaqasida qatnashmoqda (video)

60 yoshli onaxonlar Counter-Strike xalqaro musobaqasida qatnashmoqda (video)

"Counter-Strike" kompyuter o‘yinini yoshlarga taqiqlagan qariyalarni o‘zlari shu o‘yinni o‘ynashmoqda.

Ukrainada o‘rtacha 60 yoshli nafaqaxo‘rlardan jamoa tuzilib, ularni "Counter-Strike" o‘yinini o‘rgatishda mashqlar o‘tkazilmoqda.

"Ageless Shooters" (Qarimaydigan merganlar) deb nomlangan jamoa, yosh merganlarni qalbi hech qachon qarimaydi", deydi jamoa a’zosi Aleksandr Lavrinenko.

Qanday qilib qotillik o‘yini qiziqarli bo‘lishi mumkin deb, yoshlar bu o‘yinni nima uchun yaxshi ko‘rishini tushunolmasdim. Bundan tashqari, bu yerda animasiya juda yuqori sifatli va qotillik sodir bo‘lganda qon sachraydi. Keyinchalik siz unga ko‘nikib unga ahamiyat bermay qo‘yar ekansiz. Maqsad dushmanni mag‘lub etishdir, - deydi jamoaning yana bir a’zosi nafaqaxo‘r Tatyana Biryukova.

Ular sichqonchani qanday qilib to‘g‘ri ushlashni ham bilishmasdi. Hatto chap tomondan ularga o‘q tegsa,  darhol boshlarini chapga burishardi, deydi jamoa bosh murabbiyi Andrey Farbun.

Hozir jamoada 7 kishi bor. Ular haftada bir necha marta uchrashib "Counter-Strike" o‘ynaydilar.

Men bu vaqtni behuda sarflash deb o‘ylagan edim. Bolalarim bu o‘yinni 15 yil oldin maktabda o‘qishayotganlarida o‘ynashgan, o‘shanda men ularga bu o‘yinni taqiqlagandim. Endi esa o‘zim shunga bog‘lanib, zavq bilan o‘ynayman. Farzandlarim esa, "Eh ota, siz bizga buni taqiqlagandingiz, hozir esa bu o‘yinni o‘zingiz o‘ynayapsiz", deydi jamoa a’zosi Oleg Peretyaka.

Shifokor Oleg Peretyaka, "Counter-Strike" o‘yini yoshi katta odamlarga foydali bo‘lishi mumkinligiga ishonadi. O‘yin vosita ko‘nikmalarini, ya’ni motorikani rivojlantiradi va yangi neyronli  birikmalarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun u keksa yoshdagi odamlarda demensiya yoki Parkinson kasalliklarining oldini olishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!