60 foiz yaponiyaliklar bosh vazir iste’fosini yoqlamoqda

60 foiz yaponiyaliklar bosh vazir iste’fosini yoqlamoqda

Yaponiya aholisining deyarli 60 foizi mamlakat bosh vaziri Yosixide Suganing zudlik bilan yoki sentyabr oyida, uning hukmron Liberal-Demokratik Partiya (LDP) rahbari sifatida muddati tugashi bilan iste’foga chiqishini yoqlamoqda.

Buni 5 aprel kuni Yomiuri nashri 2−4 aprel kunlari mamlakat bo‘ylab o‘tkazgan so‘rovnoma javoblari asosida ma’lumot berdi. Unda 18 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan mingdan ortiq yaponiyaliklar qatnashdi, so‘rov kompyuterdan tasodifiy tanlab olish orqali o‘tkazildi.

Respondentlarning 12 foizi bosh vazirning zudlik bilan iste’foga chiqishini yoqlamoqda. 47 foizi u sentyabr oyida hukmron partiyaning yetakchisi sifatida muddati tugagandan so‘ng lavozimini tark etishi kerak deb hisoblaydi.

Yosixide Suga o‘tgan yilning sentyabr oyida Sindzo Abening sog‘lig‘i sababli iste’foga chiqqandan so‘ng bosh vazir lavozimini egallagan edi. Hozirgacha Suga hukumat rahbari sifatida faqat sentyabr oyigacha, hukmron partiya yetakchisiga navbatdagi rejalashtirilgan saylovlar tugaguniga qadar ishlaydi.

Amaldagi bosh vazir saylovlarni yutib olish uchun katta imkoniyatga ega, ammo, Yomiuri`ning yozishicha, uning mavqei yutuqlari yetishmasligidan aholi noroziligining kuchayishi tufayli zaiflashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!