6 oyda 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Ulardan 3 nafari qasamyodini buzgani aytildi

6 oyda 41 nafar sudyaning vakolati muddatidan oldin tugatilgan. Ulardan 3 nafari qasamyodini buzgani aytildi

Kecha, 17 avgust kuni AOKAda Sudyalar oliy kengashi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida "Sudyalar korpusini shakllantirish: ochiqliq, shaffoflik va natijalar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Respublika bo‘yicha sud tizimida sudyalik lavozimida ishlayotgan sudyalar soni 1278 nafarni tashkil etadi; Shundan 174 nafari ayol sudyalardi, ularning 26 nfari rahbar sudyalik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.

2022 yil yarim yiligida Sudyalar oliy kengashi tomonidan jami 41 nafar sudyaning vakolati muddati ilgari tugatilgan. Shundan o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilgan sudyalar soni 21 nafar, arizasi hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun 12 nafar, odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi, sud ishini tashkil etishda beparvolik va intizomsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun 1 nafar, qasamyodni buzganligi sababli 3 nafarni tashkil qiladi. Bundan tashqari 227 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi.

2021 yilda vakolat muddati tugagan 12 nafar sudya navbatdagi muddatga noloyiq deb topilgan bo‘lsa, 2022 yilda 6 nafarni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!