598 dona kalyan tayyorlashda hid beruvchi mahsulotlari yo‘q qilindi

598 dona kalyan tayyorlashda hid beruvchi mahsulotlari yo‘q qilindi

Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga olingan yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash davomida 598 dona idishdagi, umumiy qiymati 228 mln. so‘mlik bo‘lgan “JIBIAR” nomli kalyan tayyorlashda hid beruvchi mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur katta miqdordagi mahsulotlar fuqarolar N. O va N.M. lar tomonidan joriy yilning 2 fevral kuni “Isuzu” rusumli avtomashinada Toshkent shahriga olib ketilayotganda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan fosh etilgan. Olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida N.O va N.M lar xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan mazkur mahsulotni noma’lum shaxsdan sotib olishgani ma’lum bo‘lgan. “Namangan YPX” maskanida ushlab qolingan mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan va jinoyatni o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatga ko‘ra oxiriga yetkaza olmasdan, juda ko‘p miqdordagi tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritishga suiqasd qilishgan. O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Namangan viloyat boshqarmasining xulosasiga ko‘ra 598 dona idishdagi “JIBIAR” nomli kalyan tayyorlashda hid beruvchi mahsulotlar xorij davlatida ishlab chiqarilgani, muvofiqlik sertifikati yo‘qligi sababli realizasiya qilishga ruxsat etilmasligi ko‘rsatilgan. Mazkur holatlar bo‘lib o‘tgan sud jarayonlari dalil va isbotini topib, qonunbuzarlarga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.

Majburiy ijro byurosi Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida yo‘q qilish tadbiri tashkil etildi. Tegishli mutaxassislar ishtirokida mahsulotlar soni yana bir bor ko‘zdan kechirilib, Uychi tumanidagi markaziy chiqindixonada belgilangan tartibda yo‘q qilindi va amalda ijro hujjati tamomlandi.

Umuman olganda joriy yilning o‘tgan davrida Byuroning tuman bo‘limi tomonidan jami 10 ta yo‘q qilish bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlanib, umumiy qiymati 226 mln. so‘mlik iste’molga yaroqsiz, sifatida kafolatlanmagan tamaki, alokogol mahsulotlar tegishli tartibda yo‘q qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!