59-o‘lim! Toshkentda koronavirus yuqtirgan 76 yoshli ayol vafot etdi

59-o‘lim! Toshkentda koronavirus yuqtirgan 76 yoshli ayol vafot etdi

Joriy yilning 7 iyul kuni Chilonzor tumanida yashovchi 76 yoshli V.T. (ayol) va uning o‘g‘lida “COVID-19” tasdiqlanganidan so‘ng uyiga maxsus tez tibbiy yordam guruhi kelgan. Ammo bemorda kasallik belgilari bo‘lsada, shifoxonada stasionar holatda davolanish rad etilgan.

11 iyul kuni bemorning ahvoli og‘irlashganligi sababli Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
U yerda unga “COVID-19”ning og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Bemorda yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 2-darajasi, yurak va bosh miya tomirlari aterosklerozi, dissirkulyator ensefalopatiyaning 2-darajasi, 12 barmoqli ichak yarasi kasalligi kabi hamroh kasalliklari bo‘lgan.
Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!