5 ta terma jamoadan tushgan taklifni rad etgan Zidan "Yuventus"da ishlamoqchi

5 ta terma jamoadan tushgan taklifni rad etgan Zidan "Yuventus"da ishlamoqchi

Fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan “Yuventus”ni boshqarishni istamoqda, bu lavozim uchun u Portugaliya, Braziliya, AQSH, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalarida ishlashdan bosh tortdi, deb xabar beradi L'Equipe.

Manbaning xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis faqat "Yuventus"da ishlamoqchi. Italiya klubi Zidanni Massimiliano Allegriga o‘rinbosar sifatida ko‘rayotgani xabar qilingandi.

Zidan 1996 yildan 2001 yilgacha "Yuventus"da o‘ynagan. Jamoa bilan birgalikda u ikki marta Italiya chempioni bo‘ldi, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, Qit’alararo kubok va Intertoto kubogi sohibiga aylandi.

Fransiyalik futbolchining avvalgi murabbiy sifatidagi ish joyi Madridning “Real” klubi edi. U Madrid jamoasini 2016-2018 va 2019-2021-yillarda boshqargan. Zidan "qaymoqranglilar" bilan birgalikda ketma-ket uchta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi (2016, 2017, 2018).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!