5 kishi o‘ldi: Qozog‘istonda erkak uyiga kelgan sud ijrochilarini otib tashladi (VIDEO)

5 kishi o‘ldi: Qozog‘istonda erkak uyiga kelgan sud ijrochilarini otib tashladi (VIDEO)

Dushanba kuni Olmaotada xususiy uyda yashovchi fuqaro sud qaroriga binoan uni chiqarib yubormoqchi bo‘lgan sud ijrochilariga o‘q uzdi. Oqibatda ikki polisiya xodimi va yana uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shahar IIB matbuot xizmati xabar berdi.

"1967 yilda tug‘ilgan fuqaro sud ijrochilari, polisiya uchastkalari inspektorlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlariga o‘qotar qurol bilan o‘q uzdi", - deyiladi vazirlik xabarida.

Tengrinews portali aniqlik kiritishicha, otishma natijasida ikkita polisiya xodimi — kapitan va mayor o‘lgan.

"Besh kishi, shu jumladan navbatchilikda bo‘lgan ikki polisiyachi tan jarohatlari oldi va vafot etdi", - deya xabar beradi Tengrinews.

Otishma sodir etgan shaxs hibsga olindi, huquqni muhofaza qilish organlari ish yuzasidan tergov boshladi.

Fojia sodir bo‘lgan Alatau viloyati rahbari jinoyatchi qo‘lga olinganini OAVga tasdiqladi. “Tergovdan so‘ng rasmiy vakillar to‘liq ma’lumot beradi. Men oshkor qila olmayman”, - deya qo‘shimcha qildi Azamat Qaldibekov.

Polisiya vaziyat nazorat ostida ekanligini aytdi. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!