46-o‘lim: Buxoroda 40 yoshli afg‘onistonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

46-o‘lim: Buxoroda 40 yoshli afg‘onistonlik erkak koronavirusdan vafot etdi

Afg‘oniston davlati fuqarosi 40 yoshli M.H. (erkak)ni 2-3 kun davomida yo‘tal va tana harorati ko‘tarilishi bezovta qilgan. 21 iyun kuni tez tibbiy yordam chaqirtirilib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Bemorga “SOVID-19”, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifoxonada bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!