45-o‘lim: Toshkentda 72 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

45-o‘lim: Toshkentda 72 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. (ayol) 29 iyundan 1-son Respublika klinik shifoxonasida “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak qon-tomir yetishmovchiligi
tashxisi bilan davolanib kelgan.

Shuningdek, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo‘riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.

Dinamikada bemorning holati og‘irlashganligi sababli 4 iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan.
Klinikada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!