44-o‘lim: Navoiyda 52 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

44-o‘lim: Navoiyda 52 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Navoiy shahrida yashovchi B.A. 30 iyun kuni tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonaga "COVID-19" infeksiyasiga gumon bilan olib kelingan.

🔎 Unga "COVID-19", ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Bemor bundan avval gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziya, semizlikning 4-darajasi tashxisi bilan davolanib yurgan.

▪️Reanimasion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, o‘tkir bosh miya va o‘pka shishi oqibatida vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!