43-o‘lim: Qoraqalpog‘istonlik 56 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

43-o‘lim: Qoraqalpog‘istonlik 56 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Nukus shahrida yashovchi 56 yoshli Z.D. (ayol)da joriy yil 23 iyun kuni bosh og‘rig‘i, tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, burundan suv oqishi, aksirish, qaltirash va ishtahaning yo‘qolishi kuzatilgan. Bemor hech kimga murojaat qilmasdan uyida o‘zi davolangan.

29 iyun kuni esa tana harorati tushmaganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan va izolyatorga joylashtirilgan. 

Shu kuni “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va unda ushbu kasallik tasdiqlangan.

Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, shuningdek, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, yurak qon-tomir yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘tkir respirator distress sindromi tashxisi kuyilgan.

Bemor bir necha yil davomida gipertoniya, yurak ishemik kasalligi bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan. Bundan tashqari, u zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, arterial gipertenziyaning 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi, semizlikning 2-darajasidan ham davolanib kelgan.

Shifoxonada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultasiya qilingan, davolash jarayoni ularning tavsiyasi asosida olib borilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!