42-o‘lim: Koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak vafot etdi

A A A
42-o‘lim: Koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak vafot etdi

Uchtepa tumanida yashovchi 64 yoshli B.K. (erkak kishi) joriy yil 1 iyuldan  Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi reanimasiya bo‘limida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, qandli diabetning  2-turi, nafas yetishmovchiligining 1-2-darajasi, shuningdek, surunkali buyrak yetishmovchiligi  tashxisi bilan davolanib kelgan. 

2 iyul kuni undan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan. Oxirgi 8 yil davomida u parkinson kasalligi bilan dispanser nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, bemor 2019 yil 1 iyul kuni bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi ishemik turini ham o‘tkazgan. 

So‘nggi kunlarda bemor bir necha marta mutaxassislar tomonidan konsultasiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilganiga qaramasdan  ahvoli keskin og‘irlashgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga karamay bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!