4 ta hududda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

4 ta hududda yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Denov tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “O.D.” fermer xo‘jaligi bosh hisobchisi U.S. xo‘jalikning tuman hokimligi zaxirasiga olingan 2 gektar yer maydonini fuqaro SH.ga firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali yer maydoni hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro I.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 6 sotix yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu yer maydonini uy-joy qurish uchun 8 700 AQSh dollariga sotishga kelishib, uy-joy qurilganidan keyin hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib 8 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.H. boshqa bir fuqaro A.ga Romitan tuman hokimligi zaxirasidagi 16 sotix yer maydonini vakolatli tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7 400 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar G.R. va S.B.lar boshqa bir fuqaro M.ga turar joy qurish uchun Yangibozor qishlog‘i hududidan tuman hokimligi zaxirasidan 4 sotix yer uchastkasini sotib olib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!