4 iyulga qadar 160 million amerikaliklar to‘liq emlanadi

4 iyulga qadar 160 million amerikaliklar to‘liq emlanadi

Jo Bayden AQSh mustaqillik kuni - 4 iyulga qadar 160 mln amerikalikni to‘liq emlashni maqsad qilib qo‘ydi. 

Prezident Jo Bayden 4 iyulga qadar 180 mln amerikalikni qisman, 160 mln kishini to‘liq emlashni maqsad qilib qo‘ydi. Shuningdek, janob Bayden tez orada 12 - 15 yoshlilar uchun Pfizer vaksinasi tasdiqlanishi bilan, tezlik bilan o‘smirlarni emlashga kirishilishini aytdi. 3 may holatiga ko‘ra 105 mln amerikalik to‘liq emlangan. 

Hozirda AQShda vaksina olishga ikkilanishlar sabab, vaksinalar o‘z egalarini kutib yotibdi. Ba’zi shtatlar vaksinasiyaga kelganlarga $50 dan $100 gacha pul, ba’zilari bepul pivo bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!