34 yoshli erkak uyda uch kishini tiriklay yoqib yuborganlikda ayblanmoqda

34 yoshli erkak uyda uch kishini tiriklay yoqib yuborganlikda ayblanmoqda

Rossiyaning Oltoy o‘lkasida yashovchi shaxs uyga qasddan o‘t qo‘ygani uchun qo‘lga olindi. Uning qilmishi natijada uch kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Oltoy o‘lkasi bo‘yicha tergov bo‘limiga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

«Rubtsovskda xususiy turar-joy binolaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi, uni o‘chirish vaqtida uch kishining jasadi topildi: uyning 36 yoshli bekasi, uning 64 yoshli onasi va ularning 34 yoshli tanishi. O‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, uy bekasi bilan birga yashovchi, muqaddam sudlangan 34 yoshli shaxs qo‘lga olindi», — deyiladi xabarda.

Ayni damda voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergovning dastlabki versiyasiga ko‘ra, janjaldan keyin erkak ayvonga tez yonuvchi suyuqlik sepib, uni yoqib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan. Yong‘inni payqagan ayol ikki farzandini ko‘chaga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan, so‘ng yong‘inni o‘chirishga va xonadagi odamlarni qutqarishga uringan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!