33 yoshli ayol qo‘lga olindi. U qariyb 2 million dollarni o‘zlashtirgan

33 yoshli ayol qo‘lga olindi. U qariyb 2 million dollarni o‘zlashtirgan

Polisiya Dushanbe shahrida yashovchi ayolni qariyb 2 million dollarlik firibgarlikda gumon qilib hibsga oldi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 33 yoshli dushanbelik ayol qo‘lga olindi.

"Xususan, shu yilning may oyida yosh ayol Asht viloyatining ikki fuqarosi – 50 yoshli ota va uning 26 yoshli o‘g‘lini ishontirib, ulardan 640 ming dollardan ko‘proq pul oldi. Bu pulga u Xitoydan tovar olib kelishga va’da berdi, lekin buni qilmadi", deb xabar beradi Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot markazi.

Xuddi shunday, hibsga olingan ayol 36 yoshli erkakdan ham 100 ming dollar olgan.

Ayol fuqarolardan qariyb 2 million dollarga yaqin pulni o‘zlashtirib olgan.

Ushbu faktlar bo‘yicha tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!