311 mln kishiga zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik tavsiya qilindi

311 mln kishiga zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik tavsiya qilindi

AQShda koronavirusga chalinish holatlarini kamaytirish maqsadida o‘ta zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik tavsiya qilingan aholi soni 297 mln kishidan 311 mln kishiga yetdi, deb ma’lumot berdi The New York Times gazetasi.

Mamlakatning aksariyat shtatlarida aholi harakatlanishiga nisbatan cheklovlar joriy etildi. Aholiga sayr qilish, oziq-ovqat sotib olish va sport bilan shug‘ullanish uchun uylarini tark etishga ruxsat berilgan. Odamlarga bir-birlari bilan 1,8 metr masofa saqlash tavsiya qilingan, ayrim joylarda qoidalarni buzganlik uchun katta miqdorda jarimalar belgilangan.

Gazetaning yozishicha, bunday qoidalar 41ta shtat, uchta okrug va sakkizta shaharda hamda poytaxtdagi Kolumbiya okrugi va Puerto-Rikoda joriy etilgan. Ularda kamida 311 mln nafar kishi yashaydi. Ma’lumot berilishicha, AQSh aholisining soni 328,2 mln kishidan oshadi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 290,6 mingdan ortiq holat qayd etilgan, 7 826 kishi vafot etgan, 9 853 kishi tuzalgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!