30ga yaqin muhojirni olib ketayotgan mikroavtobus falokatga uchradi. Kamida 10 kishi o‘lgan

30ga yaqin muhojirni olib ketayotgan mikroavtobus falokatga uchradi. Kamida 10 kishi o‘lgan

30 ga yaqin muhojirni olib ketayotgan mikroavtobus Texasning janubidagi olis magistralda ustunga urildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Fojiali hodisa 4 avgust kuni soat 16:00 atrofida Ensino shossesida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar soni 15 nafardan oshmasligi kerak bo‘lgan avtomobil 30 ga yaqin mehnat muhojirini chegaraga yaqinroq olib kelgan, yo‘lovchilar piyoda o‘tishga majbur bo‘lgan. Biroq, haydovchi odamlarni olib ketmagan.

Chegara patrul-postidan taxminan uch kilometr narida, haddan tashqari ortiqcha yuk bo‘lgan mashina boshqaruvni yo‘qotib, ustunga borib urilgan. Hodisa oqibatida haydovchi bilan birga kamida 10 kishi halok bo‘lgan. Yana 20 ga yaqin odam jarohat oldi va ularni vertolyotlar bilan tibbiy muassasalarga olib ketishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!