30 yil avval o‘g‘irlangan 3500 yillik yodgorlik Iroqqa qaytarildi

30 yil avval o‘g‘irlangan 3500 yillik yodgorlik Iroqqa qaytarildi

Iroq muzeyidan o‘ttiz yil avval o‘g‘irlab ketilgan, yoshi 3500 yilga teng sopol lavha o‘n yetti mingga yaqin boshqa osori atiqalar qatorida Iroqqa qaytarildi.

Lavhada «Gilgamish haqida doston»ning bir qismi yozilgan bo‘lib, uni 2014 yida Hobby Lobby kompaniyasi Vashingtondagi Injil muzeyida namoyish qilish uchun sotib olgan. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra, qadimiy yodgorlik 1991 yilda Iroq muzeyidan o‘g‘irlangan va 2007 yilda noqonuniy ravishda AQShga olib ketilgan. AQSh mutasaddilari 2019 yilda lavhani musodara qildi va uning o‘g‘irlanganini, egalariga qaytarilishi lozimligini aytdi.

«Qo‘shma Shtatlar va Iroq hukumatlari bu ob’ektlarni qaytarar ekan, Iroq xalqiga o‘z tarixi sahifalari bilan tanishi imkoniyatini berdi», – dedi YUNESKO rahbari Odri Azule.

Uning aytishicha, qadimiy sopol lavhaning Iroqqa qaytarilishi madaniy yodgorliklarning noqonuniy aylanishiga katta zarba bo‘ldi.

1991 yildagi urushda, Saddam Husayn Iroqning ayrim hududlarida nazoratni boy bergach, bir qancha mintaqaviy muzeylar talab ketilgan edi. Sopol lavha o‘shanda o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!