30 yil avval Surxondaryoda mayiz orasiga yashirilgan 13 tonna “gashish” aniqlangani ma’lum qilindi (+video)

30 yil avval Surxondaryoda mayiz orasiga yashirilgan 13 tonna “gashish” aniqlangani ma’lum qilindi (+video)

Bugun, 26 yanvar Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari o‘zining kasb bayramlarini nishonlamoqda.

Shu munosabat bilan qo‘mita axborot xizmati 1993 yilda yirik miqdorda giyohvandlik moddasi ushlanganiga doir ma’lumotlarni e’lon qildi.

1992-1994 yillarda Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Xoldor Sherovning shaxsiy arxividan foydalanilgan lavhada aytilishicha, 1992 yil 8 oktyabrda mayiz ortilgan vagonga 13 tonnadan ortiq “gashish” giyohvandlik moddasi 19 tonna mayiz qutilari orasiga yashiringan bo‘lgan.

Bu o‘sha vaqtlar qora bozordagi narxi bilan hisoblanganda 1,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

1993 yil 16 fevralda esa, yong‘oq yuklangan 2ta yo‘l konteynerda 1167 kg giyohvand modda yashirilgani fosh qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!