27 yoshli Muslima ayol eng yosh neyroxirurg bo‘ldi

27 yoshli Muslima ayol eng yosh neyroxirurg bo‘ldi

Hindistonning Haydarobod shahridagi o‘rta maktabni oltin medalga bitirgan Maryam, tibbiyot maktabiga eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilinadi. 27 yoshli Maryamning mutaxassisligi neyroxirurg.

«Siasat» nashriga tayanib, «IslamNews» ning xabar berishicha, Maryam Hindistonning yuqori jarrohlik malakasiga ega bo‘lgan eng yosh mutaxassisi bo‘ldi.

Maryam yoshligidan Islom saboqlaridan ta’lim olgan holda voyaga yetdi. U bo‘sh vaqtida xattotlik bilan ham shug‘ullanib turadi. Yolg‘iz qizini tarbiyalagan Maryamning onasi Islom asoslari o‘qituvchisi bo‘lib, unga diniy bilim olishida katta yordam bergan. «Men u bilan faxrlanaman», deydi Maryamning onasi.

Xurshid Ma’ruf tayyorladi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!