26 nafar ishchining 96 mln. so‘mdan ortiq ish haqi va ma’naviy zararlari undirib berildi

26 nafar ishchining 96 mln. so‘mdan ortiq ish haqi va ma’naviy zararlari undirib berildi

Majburiy ijro byurosining Taxtako‘pir tuman bo‘limi ish yurituviga 13.06.2022 yilda kelib tushgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor «Qoraqalpoq suv ta’minoti» mas’uliyati cheklangan jamiyatidan, da’vogarlar jami 26 ta fuqarolarning 94 mln. 652,4 ming so‘mlik ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zararlar undirish belgilangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor jamiyatga dastlab ihtiyoriy muddat berilgan. Lekin ushbu muddat oralig‘ida bajarilmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan qarzdor jamiyatning bank hisob raqamlari xatlangan va kelib tushgan mablag‘lar hisobidan 26 ta fuqaroning jami 94 mln. 652,4 ming so‘m ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zararlari bo‘lim tomonidan to‘liq o‘ndirilidi.
Ijro hujjati esa, 29.06.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!