25 iyun qanday kun?

25 iyun qanday kun?

Har yili 25 iyunda “Dengizchilar kuni” ni nishonlash 2010 yildan boshlangan. BMT ga tegishli halqaro dengizchilar tashkiloti a’zolari Manilada o‘tkazilgan konferensiyaning 19 – rezolyusiyasiga imzoladilar.

Rezolyusiyaning natijasida kelib chiqib “Dengizchiliar kuni” kasbiy bayram sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Rezolyusiyada dengiz kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha insonlarga zarur deb topildi, chunki halqaro savdo, iqtisod va fuqarolar jamiyatining rivojlanishida dengizchilarning hissalari juda katta. Bu millionlab o‘zlarini ummon xayotiga bag‘ishlagan professional dengizchilarga tegishlidir.

Bu bayram ayniqsa savdo sotiq flotiga tegishlidir. Jahon savdosining 80 foizini savdo floti dengizchilari orqali amalga oshiriladi. Xattoki Amerikada Savdo floti dengizchisiga atab xaykal ham o‘rnatilgan. Bu bayramda nafaqat dengizchilarni tabriklash, balki dengiz flotda uchrab turadigan muammolar kamchiliklar muhokama qilinadi.

Halqaro darajadagi muammolardan biri, dengiz qaroqchilarining xujumidir. Qarqchilikka qarshi kurashning halqaro normalari “Ochiq dengiz to‘g‘risida”gi Jeneva konvensiyasida (1958) va BMT ning “Dengiz xuquqi” konvensiyasida (1982) kolifikasiyalangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!