24 yoshli yigit «Nexia»da piyodani urib yubordi-Namangan

24 yoshli yigit «Nexia»da piyodani urib yubordi-Namangan

Namangan shahrida 11 oktyabr kuni «Nexia» avtomashinasini boshqarayotgan yigit piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa shu kuni soat 22:00 larda G‘ishtko‘prik MFY hududida sodir bo‘lgan. «Nexia» mashinasini tegishli hujjatlar bilan boshqarayotgan 1997 yilda tug‘ilgan yigit harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lning o‘ng chetida turgan 1981 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda olgan tan jarohati sababli shifoxonada vafot etgan. Holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!