22 kishi sudlanmoqda, 107 kishi uy qamog‘ida, 387 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan

22 kishi sudlanmoqda, 107 kishi uy qamog‘ida, 387 kishi ma’muriy javobgarlikka tortilgan

Buxoro viloyat sudida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.

Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura mas’ullarining iyul oyidagi ommaga e’lon qilgan ma’lumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qo‘lga olingani ma’lum qilingan edi. Jamoatchilikda qolgan shaxslar qayerda degan mazmundagi savollar yuzaga keldi.

Mustaqil komissiyaning ma’lum qilishicha, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, qo‘lga olinganlarning 107 nafari Komissiya tashabbusi bilan jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi insonparvarlik tamoyili asosida uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilgan. Qolgan shaxslar esa ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

29 noyabr kungi sud jarayonlarida namoyishlarga boshchilik qilgan Dauletmurat Tajimuratovga nisbatan guvohlarning fikrlari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!