22-23 may kunlari havo harorati pasayib ketadi

22-23 may kunlari havo harorati pasayib ketadi

Sovuq antisiklonning markaziy yadro qismi O‘zbekistondan o‘tmoqda.

Bu qanday ob-havoni anglatadi?

Bu turdagi antisiklon markaziy qismining O‘zbekistonga chuqur kirishi sovuq davrni beradi. O‘zgidromet 23 mayga o‘tar kechasi deyarli barcha viloyatlarda havo harorati minimumlari +10 +12 daraja iliq, tog‘larda +5 darajagacha harorat pasayishini prognoz qilmoqda.

Baland tog‘larda, xususan dengiz sathidan 2,5-3 km balandliklarda harorat nol darajaga pasayishi, qor yog‘ishi mumkin.

Ayni paytda Qashqadaryo viloyatining Kitob, Dehqonobod tumanlarining tog‘li hududlariga qor yoqqani haqida xabarlar kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!