2040 yilda O‘zbekistonda suv tanqisligi ortishi mumkin

 2040 yilda O‘zbekistonda suv tanqisligi ortishi mumkin

Amudaryo va Sirdaryodagi suv oqimining kamayishi 2040 yilda O‘zbekistonda suv tanqisligini 33 foizga yetkazishi mumkin. Bu haqda Rasul Kusherbayev o‘z telegram sahifasida yozmoqda.

Jaxon banki progonozlariga ko‘ra, toza suvning yetishmovchiligi Markaziy Osiyoda yalpi ichki maxsulotni 11 foizga pasaytiradi.

Mutaxassislar suvni ishlatish masalasida O‘zbekiston va Turkmanistonda vaziyat tang ekanligini bildirishmoqda.

Ushbu ikki mamlakat ishlatadigan suv hajmi 169 foizga yoki mos ravishda suv zaxiralaridagi jami suvning 144 foiziga to‘g‘ri kelmoqda.

Bu o‘rinda Rossiya va Gruziya 4 foiz, Moldova 12 foiz, Ukraina 14 foiz suv zaxiralarni ishlatadi.

Suv tanqisligi qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, turmush darajaning yomonlashuvi, eksport kamayishi va bandlikni ta’minlashda jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.

Kelajakda mintaqada asosiy muammo aynan nima sababli kelib chiqishi mumkinligini anglash uchun katta bosh kerakmas nazarimizda. Shu bois, transchegaraviy suvdan foydalanish masalasida barqaror va tomonlar uchun teng manfaatli yangi kelishuvga erishish, suvdan oqilona foydalanishda yagona strategik yondoshuvga o‘tishni tezroq hal etish zarurligini vaziyatning o‘zi taqazo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!