2023 yil boshidan beri AQShda 40 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi

2023 yil boshidan beri AQShda 40 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi

2023 yil boshidan beri AQShda 40 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda chorshanba kuni Gun Violence Archive tadqiqot tashkiloti ma’lum qildi.

"2023 yilning ortda qolgan 25 kuni davomida 18 xil shtatda 40 ta ommaviy otishma sodir bo‘ldi, bu 2014 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir", — deyiladi tashkilot xabarida.

24 yanvar kuni Amerikaning Yakima shahrida (Vashington shtati) otishma natijasida uch kishi halok bo‘ldi. 22 yanvar kuni Kaliforniyaning Monterey shahrida 11 kishi qurolli zo‘ravonlik qurboni bo‘ldi.

Gun Violence Archive ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda Qo‘shma Shtatlardagi otishmalar 43,6 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan. O‘tgan yili 37,9 mingdan ortiq kishi, jumladan, 4,4 ming nafari bolalar jarohatlangan. 1,6 mingdan ortiq bola vafot etdi.

Qurol zo‘ravonligi arxivi 2013 yilda tashkil etilgan. U taxminan 7500 manbadan olgan ma’lumotlarga asoslanib, o‘qotar qurol hodisalari bo‘yicha har kuni statistik ma’lumotlarni e’lon qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!