2022 yilda Rossidan qaysi mamlakatlarga pul o‘tkazmalari rekord darajaga yetdi?

2022 yilda Rossidan qaysi mamlakatlarga pul o‘tkazmalari rekord darajaga yetdi?

2022 yilda Rossiyadan Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari hajmi rekord darajaga yetdi. Bu haqda RBK ushbu mamlakatlarga o‘tkazmalar statistikasiga tayanib, xabar berdi.

Qozog‘iston Milliy banki tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyadan Qozog‘istonga 357 milliard tenge yoki qariyb 775,4 million dollar jo‘natilgan. Bu kamida 2014 yildan beri rekord ko‘rsatkich — faqat shu yildan boshlab statistik ma’lumotlar mavjud.

2022 yilda Rossiyadan Gruziyaga qariyb 2 milliard dollar jo‘natilgan – Gruziya Markaziy banki veb-saytidagi mavjud statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kamida 2012 yildan beri kuzatilgan rekord miqdor.

2022 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 14,5 milliard dollarni tashkil etdi – bir yil davomida bu ko‘rsatkich 2,6 barobarga oshdi, deb xabar bergan "RIA Novosti" agentligiga O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati.

2022 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra, Rossiyadan Armanistonga o‘tkazilgan pul o‘tkazmalari hajmi 2021 yilning yanvar-noyabriga nisbatan 4 baravarga oshib, 3,1 milliard dollargacha yetdi.

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida jismoniy shaxslar Rossiyadan Qirg‘izistonga 2,6 milliard dollar jo‘natishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!