2022 yilda 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi

2022 yilda 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar quriladi

Qarorga ko‘ra, 2022 yilda sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish va ta’mirlash ishlari klaster usulida amalga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022 yilda jami 2 606 km uzunlikda sement-beton qoplamali ichki yo‘llar qurish nazarda tutilgan.

Bunda:

▫️manzilli ro‘yxatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan sektorlar rahbarlarining joylarda jamoatchilik fikri va talabini inobatga olgan holda bildirgan takliflari asosida shakllantiriladi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi;

▫️loyiha tashkilotlarini jalb etish, mas’ul tashkilotlar bilan texnik shartlarni kelishish, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil etish ishlari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;

▫️ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari hamda shakllantirilgan narxlar “Shaffof qurilish” elektron platformasi orqali davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi;

▫️klaster usulida sement-beton qoplamali ichki yo‘llarni qurish ishlarini amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!