2021 yilda o‘zbekistonliklar qaysi kunlari qo‘shimcha dam oladi?

2021 yilda o‘zbekistonliklar qaysi kunlari qo‘shimcha dam oladi?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 may kuni 2021 yil uchun ishlanmaydigan kunlarni tasdiqlash ko‘zda tutilgan farmonni imzoladi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar qildi.

Qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar sifatida quyidagilar belgilandi:

  • 14 may — juma;
  • 2 sentyabr — payshanba;
  • 3 sentyabr — juma;
  • 31 dekabr — juma».

Ko‘chirilayotgan dam olish kunlari (Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan):

  • 17 iyul — shanba kunidan 21 iyul — chorshanba kuniga;
  • 24 iyul — shanba kunidan 22 iyul — payshanba kuniga.

Barcha ishchilar uchun ishlanmaydigan kunlar (ish haftasi turidan qat’i nazar):

  • 15 may — shanba;
  • 21 iyul — chorshanba;
  • 22 iyul — payshanba;
  • 4 sentyabr — shanba.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!