2021 yilda TikTok ommaboplik bo‘yicha Google’ni ortda qoldirdi

2021 yilda TikTok ommaboplik bo‘yicha Google’ni ortda qoldirdi

TikTok qisqa videoroliklar platformasi eng ommabop domenlar reytingida yetakchi bo‘ldi, deb yozadi Cloudflare.

Mazkur platforma ommaboplik borasida Google’ni ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi.

Ommabop domenlar orasida uchinchi o‘rin Facebook’ga nasib etdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili TikTok ommaboplik bo‘yicha 7-o‘rinni egallagandi.

Reytingda top-10talik quyidagicha joylashgan:

1. TikTok.com

2. Google.com

3. Facebook.com

4. Microsoft.com

5. Apple.com

6. Amazon.com

7. Netflix.com

8. YouTube.com

9. Twitter.com

10. WhatsApp.com

Kompaniya olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyasining qisqa videolarni ko‘rish va yaratish platformasi ilk bor joriy yilning fevral oyida tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha birinchilikni egallagan va pastlashlardan keyin avgust oyidan boshlab birinchi o‘rindan tushmay kelyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!