2021 yilda karate sport turi tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritilgan

2021 yilda karate sport turi tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlari tarkibiga kiritilgan

Bu haqda O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi Axborot xizmati xabar qildi:

«Bu yil Olimpiada yili va karate sport turi tarixda ilk bor ushbu o‘yinlar tarkibiga kiritilgan. Hozirda o‘zbek karatechilari Olimpiada liseziyasini olish uchun bor kuch-g‘ayratlari bilan harakat qilmoqdalar. Reyting ballari bo‘yicha terma jamoa a’zosi Dostonbek Otabolayev Olimpiada reyting jadvaling 11-pog‘onasidan joy olgan. Yana 2 nafar sportchimiz kuchli 20 talikda. Shuningdek, qo‘shimcha tariqasida respublikamizda ko‘plab iqtidorli sportchilarmiz bor.

Bundan tashqari, Prezidentimizning topshirig‘iga binoan 2021 yilda O‘zbekistonda 20 ga yaqin halqaro musobaqalar o‘tkazilishi doirasida joriy yilning sentyabr oyida Toshkent karate sport turining eng nufuzli Premyer-liga musobaqalariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada 60 ta davlatdan eng kuchli karatechilar ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu musobaqalar davomida Jahon va Osiyo karate federasiyalari bilan muzokalar olib borish mo‘ljallangan. Muzokalarning mavzusi karate sport turini O‘zbekistonda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallanayotgan Osiyo o‘yinlaridan o‘rin olish bo‘ladi. 

Joriy yildan boshlab O‘zbekiston chempionati va O‘zbekiston kubogi musobaqalarining o‘tkazilish tartiblariga o‘zgartirish kiritiladi. Terma jamoa tarkibini aniqlashda ham o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan. 

2021 yildan biz oldin an’anaviy tarzda tashkil qilgan Navro‘z va Mustaqillik kubogi musobaqalarini qaytadan o‘tkazishni rejalashtirganmiz.
 
2021 yil Jahon karate federasiyasining taqvim rejasiga asosan, 5 ta premyer-liga musobaqalari, 4 ta o‘smirlar ligasi musobaqalari, oktyabr oyida o‘smirlar va kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati va noyabr oyida kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bu musobaqalarda yurtimizga oltin, kumush va bronza medallari bilan qaytishni maqsad qilganmiz».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!