2021 yilda 7490 turdagi 1 578 500 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizadan o‘tkazildi

2021 yilda 7490 turdagi 1 578 500 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar ekspertizadan o‘tkazildi

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK 2021 yil 12 oy davomida sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmasevtik mahsulotlar yuzasidan aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni himoya qilish idoralari tomonidan Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga 1048 ta murojaat xati kelib tushgan. Mazkur murojaatlarga ko‘ra, 7490 turdagi 1 578 500 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlarda ekspertiza ishlari o‘tkazilgan bo‘lib, natijada:

- 1618 turdagi 72774 o‘ram yorliqlash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar talablariga mos kelmaydi (kontrafakt);
- 24 turdagi 13785 o‘ram qalbakilashtirilgan dori vositalari (Tebantin, Aktemra, Somnol®, Zardeks, Diprospan®, Ursosan, Serebrolizin®, Reduksin, Spirt, Menovazin, Layboten, Neoton, Tiosetam, L-Lizina Essinat®, Mildronat, Aktovegin, Retabolil Remdesevir (covifor), Aktovegin, Spirt, Layfon, Tropikamid, Tridoks, Zardeks) bir necha marotaba takrorlangan.
- 396 turdagi 2794 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar yaroqlilik muddatlari tugagan (sifatsiz);
- 2578 turdagi 709347 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar davlat ro‘yxatidan o‘tmagan;
- 2874 turdagi 779 800 o‘ram dori vositalari va tibbiy buyumlar muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi aniqlangan.

Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishi uchun Huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotlar taqdim qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!