2020 yilda sog‘ligi bo‘yicha muddatli harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi

2020 yilda sog‘ligi bo‘yicha muddatli harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi

Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi mutasaddilari ma’lum qildi:

«Yoshlarni muddatli harbiy xizmatga saralab olish, harbiy komandalarga tayinlash tadbirlari Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Chegara qo‘shinlari vakillaridan iborat Butlash komissiyalari hamda Rahbariyat kengashlari, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari Qurolli Kuchlar tizimida ilk bor harbiy gospital harbiy shifokorlari tomonidan o‘tkazilmoqda.

Harbiy-tibbiy komissiyaning joriy etilishi natijasida 2020 yilda harbiy qismlarga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan muddatli harbiy xizmatchilar orasidan sog‘ligi bo‘yicha harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi. (2019 yil chaqiruvida qaytarilganlar soni 94 nafar bo‘lsa, 2020 yilda 41 nafarni tashkil qildi)».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!