2019 yilning eng sohibjamol ayoli aniqlandi (FOTOGALEREYa)
Tokioda o‘tkazilgan "Miss Interneshnl" (Miss International) xalqaro go‘zallik tanlovida tailandlik Bint Sayrisorn g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Tailandlik ayolning kasbi - farmasevt. Sentyabr oyida “Miss Tailand” faxriy nomini olgan.
"Miss Interneshnl" — jahondagi eng mashhur go‘zallik tanlovlaridan biri hisoblanadi. Bu yilgi tanlovda 83 ta davlatdan go‘zallar ishtirok etdi.
Tanlovning asosiy g‘oyasi - bu dunyo go‘zallik bayrami, unda nafaqat ishtirokchilarning tashqi ko‘rinishi, balki axloqiy fazilatlari ham baholanadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)