2019 yilda yurtimizda 57 nafar chaqaloqni sotishga urinish holati aniqlandi

2019 yilda yurtimizda 57 nafar chaqaloqni sotishga urinish holati aniqlandi

O‘zbekistonda 2018 yilda 75 nafar chaqaloqni sotishga urinish holati aniqlangan. Joriy yilning 10 oyida esa bu ko‘rsatkich 57 nafarni tashkil etgan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Berdialiyev ma’lum qildi, deb yozmoqda «Sof.uz».

Ma’lum qilinishicha, chaqaloq sotish holatlariga yosh qizlarning bilib-bilmay qo‘ygan noto‘g‘ri qadamlari sabab bo‘lmoqda. So‘ng undan qutulish maqsadida chaqaloqlarni tug‘ruqxonalarning o‘zida, eshik ostida yoki begona joyda qoldirib ketish, oxirgi chora sifatida sotish va O‘zbekistondan chiqib ketish holatlari juda ham ko‘p uchramoqda.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U.Abdullayevaning fikriga ko‘ra, aksariyat hollarda hayotda aldanib qolgan, turmushidan ajrashib, ikki va undan ortiq farzandi bilan og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollar orasida o‘z bolasini sotish holatlari ko‘p uchraydi.

Abdullayeva Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda ishlash natijasida chaqaloq sotish holatlari 2018 yilga kelib 33 foizga kamayganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!