2019 yilda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar nimalarga erishdi?

2019 yilda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar nimalarga erishdi?

2019 yil mobaynida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 188 282 ta ish ko‘rib chiqildi. Mazkur ko‘rsatkich 2018 yilga nisbatan 13,3 foizga kamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiAxborot xizmati raxbari Aziz Obidov ma’lumot berdi.

Hisobot davrida 124 mlrd. so‘mdan ziyod majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomondan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar) ni undirish haqida 88 655 ta sud buyrug‘i chiqarildi. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan summa bo‘yicha 56,2 foizga, sud buyruqlari soni bo‘yicha esa 62,4 foizga kamaydi.

Ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha 162 327 ta hal qiluv qarorlari chiqarildi. Ushbu qarorlar bo‘yicha talablarning 86,2 % dan ortig‘i qanoatlantirildi.

Hal qiluv qarori qabul qilingan da’vo tartibidagi 134 893 ta fuqarolik ishlaridan 37 104 tasi nikohdan ajratish, 34 742 tasi bitimlar bilan bog‘liq, 2 806 tasi otalikni belgilash, 4 617 tasi uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish, 3 474 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzishga oid va boshqa ishlar tashkil qiladi.

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan 42 350 ta ishning 22 187 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (qonuniy nikohlar bekor qilingan), 14 917 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (qonuniy nikohlar bekor qilinmagan), 2 327 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan hamda 2 874 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan.

71 486 ta fuqarolik ishi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Aholi bilan 9 922 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 1 024 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 327 ta qaror bekor qilindi va 117 ta sud qarorlari o‘zgartirildi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!