200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar M777 gaubisalaridan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarini yakunladi

200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar M777 gaubisalaridan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlarini yakunladi

200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar Ukrainaga G‘arb ittifoqchilari tomonidan taqdim etilgan M777 gaubisalaridan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yakunladi, dedi Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi.

150 dan ortiq ukrainalik askarlar tegishli mashg‘ulotlardan o‘tmoqda.

Avvalroq Kirbi amerikalik harbiylar Ukrainadan tashqarida ukrainalik askarlarga kasbiy tayyorgarlik darslarini o‘tayotgani haqida xabar bergan edi.

Shu tarzda, 15 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi Q-64 mobil havo hujumiga qarshi mudofaa radar tizimlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomladi, 60 nafari M-113 bronetransportyorlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomladi va yana 50 nafarga yaqin kishi hozirda o‘qitilmoqda, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!