20 gektar yer mojarosi: Qashqadaryoda fuqarolar va IIO xodimlari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi

20 gektar yer mojarosi: Qashqadaryoda fuqarolar va IIO xodimlari o‘rtasida ommaviy janjal sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Chiroqchi tumani Oqoltin MFYda yer uchun talash" sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi .

Joriy yilning 31 mart kuni soat 09:00 artofida Chiroqchi tumani Oq oltin MFYda joylashgan "Shomurod ota" fermer xo‘jaligi rahbari A.D. o‘ziga tegishli bo‘lgan 20 gektar yer maydonini shudgor qilmoqchi bo‘lganida bir nechta fuqarolar tomonidan qarshilik ko‘rsatilgan.

Natijada fermer ichki ishlar organlariga holat bo‘yicha xabar bergach, IIO xodimlari voqea joyiga yetib kelib, jamoat tartibini saqlab, ko‘ngilsiz holatlarning oldini olgan.

Holat yuzasidan qarshilik ko‘rsatgan fuqarolarga qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun Chiroqchi tumani IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!