2 hududda katta miqdorda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

2 hududda katta miqdorda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jomboy tuman bo‘limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand shahar “O‘rtaxo‘jasoat” MFY hududida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.M. jami 3 900 AQSh dollarini fuqaro X.N.ga 44,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan M.U. fuqaro Z.SH.ga jami 3 000 AQSh dollarini 34,2 mln so‘mga sotishga kelishib, shundan 1 500 AQSh dollarini bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!