19 yoshli "Nexia" haydovchisi yo‘lovchining umriga zomin bo‘ldi

19 yoshli "Nexia" haydovchisi yo‘lovchining umriga zomin bo‘ldi

2021-yil 22-oktyabr kuni taxminan soat 08:10 da Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasida “Nexia-3” (davlat raqami 01 S 375 JB) avtomobilini boshqarib borgan 2002-yilda tug‘ilgan A’lo V. qoidalarni buzgan holda qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketib, natijada 1958-yilda tug‘ilgan Zabixulla X. boshqaruvidagi “Spark” (davlat raqami 10 M 858 GA) avtomobiliga to‘qnashgan.
To‘qnashuv natijasida yetgan shikastlar oqibatida “Spark” avtomobili yo‘lovchisi 1968-yilda tug‘ilgan Manzura X. hayotdan ko‘z yumdi. Marhumaning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.
Mazkur fakt asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilqmoda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!