18 yoshli o‘smir ekofaol dunyo liderlarining iqlim bo‘yicha va’dalari ustidan kuldi (VIDEO)

18 yoshli o‘smir ekofaol dunyo liderlarining iqlim bo‘yicha va’dalari ustidan kuldi (VIDEO)

Greta Tunberg iqlim masalasiga bag‘ishlangan yoshlar konferensiyasida shu paytgacha dunyo liderlari tomonidan quruq va’da berilib, natija bermayotgan iboralarni qattiq tanqid qildi.

AQSh prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron – Gretaning ro‘yxatida.

„Iqlim o‘zgarishi deganimda nimani o‘yladingiz? Men ish o‘rinlarini o‘ylayman, yashil ish o‘rinlari. Bla-bla-bla“. — Jo Bayden nutqidan.

„Biz karbonad angidridning quyi darajasiga juda silliqlik bilan o‘tishimiz kerak. Bizda planeta B yo‘q, bla-bla-bla...“ — Makrondan.

„Bla-bla...“ takroriy so‘zi ingliz tilida doimiy aytib kelinib, siyqasi chiqqan va eshitishga ham arzimaydigan gaplarga nisbatan ishlatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!