+18. Mudhish jinoyat! Jizzaxda erkak kishini o‘ldirib, mashinasiga qo‘shib yoqib yuborishdi (VIDEO)

+18. Mudhish jinoyat! Jizzaxda erkak kishini o‘ldirib, mashinasiga qo‘shib yoqib yuborishdi (VIDEO)

Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida mudhish jinoyat fosh bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 28 dekabr kuni soat 9:30 larda G‘allaorol tumani Mirzabuloq qishloq fuqarolar yig‘iniga qarashli Nayman qishlog‘ida yashovchi fuqaro shu hududdagi fermer xo‘jaligiga tegishli dala maydoni chetidagi zovur ichida yonib ketgan "Spark" mashinasini ko‘rib qolgan.

Fuqaro bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan. Shundan so‘ng, voqea joyiga viloyat prokuraturasi va viloyat IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh yetib borgan. Mashina ko‘zdan kechirilganda uning ichidan kuyib ketgan murda ham topilgan. Shuningdek, mashinaning davlat raqami ham bo‘lmagan.

Mashina kuzovining raqami orqali uning egasi tekshirib ko‘rilganda "Spark" Samarqand shahar Zarafshon mahallasida yashovchi shaxs ekani ma’lum bo‘lgan.

IIB xodimlari mashina egasining uyiga borib, uning yaqinlaridan ko‘rsatma olganda, ular yigitning bir kun avval uydan chiqib ketib, qaytib kelmaganini bildirishgan. O‘tkazilgan tibbiy ekspertizada kuyib ketgan jasad mashina egasiniki ekani aniqlangan.

Tezkor qidiruv harakatlari natijasida Jomboy tumani “Beshsayid” MFYda yashovchi uch nafar shaxs marhumni giyohvand moddalar bilan ta’minlab kelgani aniqangan va ular ushlangan.

Dastlabki tergov-surishtiruv davomida aniqlanishicha, marhum 28 dekabr kuni Jomboyga borgan. Giyohvand modda sotuvchilar qarzi borligi uchun unga giyohvand modda berishmagan. Shundan so‘ng marhum IIB xodimlariga borib, xabar berishini aytganda giyohfurushlar uni o‘ldirishgan va G‘allaorolga olib borib yoqib yuborishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!