+18. AQShda koronavirus: muzlatkichga solingan jasadlar (FOTO)

+18. AQShda koronavirus: muzlatkichga solingan jasadlar (FOTO)

Nyu-Yorkdagi shifoxonada ishlaydigan hamshira BuzzFeed News muharririga koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning jiddiyligini aks ettirgan hayajonli fotosuratni yubordi. Surat kasallik qurbonlari uchun ko‘chma o‘likxonaga aylantirilgan muzlatkichda olingan, deya xabar beradi "Insider". Ayol o‘z ismini va ish joyini oshkor qilmaslikni so‘radi.

Hamshiraning aytishicha, u tez yordamda ishlaydi. U smenadan keyin uyga qaytganida suratga tushdi. Ayol bu fotosurat yordamida koronavirusga yengil qaramaslik kerakligini odamlarga yetkazishni istayotganini tan oldi. O‘lganlarning jasadlari sumkalarga solinadi va muzlatkichga yotqiziladi. Ulardan biri 71 yoshli bemorga tegishli bo‘lib, unga hamshira bir kun oldin qaragan.

Hamshiraning so‘zlariga ko‘ra, keksa bemor bir hafta oldin koronavirusga chalingan. Uni uyiga jo‘natishgan, ammo dam olish kunlari nafas qisilishidan shikoyat qilib qaytib kelgan. Ertasi kuni esa vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!