16 iyundan keyin AQSh va Rossiya munosabatlari qaytadan boshlanadimi?

16 iyundan keyin AQSh va Rossiya munosabatlari qaytadan boshlanadimi?

Oq uy AQSh prezidenti Jo Bayden va Rossiya rahbari Vladimir Putinning uchrashuvini AQSh va Rossiya o‘rtasidagi "munosabatlarni qayta boshlash" deb hisoblamaydi. Bu haqda Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining Yevropa ishlari bo‘yicha katta direktori Amanda Slot aytib o‘tdi, deb xabar beradi RIA Novosti Amerikaning CNN telekanaliga asoslanib.

«Bu, albatta, qayta boshlash emas. Prezident buni aniq aytib berdi. Bayden o‘zaro kelishmovchiliklarimizni muhokama qiladi», - deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.

Avvalroq, 11 iyun kuni AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Baydenni rossiyalik hamkasbi bilan uchrashuvga tayyorlagani ma’lum bo‘ldi.

8 iyun kuni Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Bayden "Putin bilan uchrashuvga 50 yil davomida tayyorgarlik ko‘rganini" aytdi. Bunga javoban Federasiya Kengashi a’zosi Aleksey Pushkov tajriba Amerika rahbariga "o‘z hamkasbiga o‘z shartlarini yuklamaslikka harakat qilishiga" imkon beradi deb umid qildi.

Rossiya va AQSh prezidentlarining uchrashuvi 16 iyun kuni Jenevada bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!