15 yil qidiruvda bo‘lgan buxorolik ayol aeroportda qo‘lga olindi

15 yil qidiruvda bo‘lgan buxorolik ayol aeroportda qo‘lga olindi

15 yildan beri qidiruvda bo‘lgan Buxoro fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar beradi mahalliy OAV.

2006 yilda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 30-qismi ("Odam savdosi") bo‘yicha ayblangan ayol yashiringanligi uchun qidiruvga berilgan.

Tezkor chora-tadbirlar natijasida 15 yildan so‘ng ayolning xorijiy davlatlardan biridan O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi ta’minlandi.

Toshkent xalqaro aeroportida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ayol qo‘lga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!