15 iyuldan boshlab Rossiya Federasiyasi COVID-19 sababli chegaradan o‘tishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlaydi

15 iyuldan boshlab Rossiya Federasiyasi COVID-19 sababli chegaradan o‘tishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlaydi

Rossiya 15 iyuldan boshlab COVID-19 tarqalishi munosabati bilan chegaradan o‘tishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilmoqda, deb xabar berdi mamlakatga yangi koronavirus infeksiyasi olib kirishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tezkor shtab.

“Muhokama yakunlari bo‘yicha tezkor shtab 2022 yil 15 iyuldan boshlab Rossiya Federasiyasi davlat chegarasini kesib o‘tishda epidemik sabab bo‘lgan hukumat qarorlari bilan o‘rnatilgan vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, dedi dushanba kuni tezkor shtab jurnalistlarga.

Bundan tashqari, shtab Belorussiya fuqarolari uchun Rossiyaga havo orqali kelganida COVID-19 uchun PSR testi natijalarini taqdim etish talabini bekor qilishga qaror qildi. Rospotrebnadzor rahbarining qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.

“Boshqa fuqarolar uchun PSR testi natijalarini taqdim etish talablari saqlanib qolmoqda”, — deyiladi shtab xabarida.

Shtabning eslatishicha, epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi munosabati bilan 14 iyundan boshlab chet el fuqarolarining Rossiyaga havo va dengiz nazorat-o‘tkazish punktlari orqali kirishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan, biroq quruqlikdagi transport orqali kirishga bir qator cheklovlar amalda davom etgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!