14 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

14 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Ulug‘nor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi A.Q. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu institutiga 14 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!